BIZ HAQIMIZDA
Marketingni tizimga aylantiradigan jamoa
Strategiya, SMM, target reklama, branding, video va sayt — bitta jamoada. Har bir so‘m natija bilan o‘lchanadi.
- 5+yillik tajriba
- 60+brend
- 2000+o‘quvchi
Asoschi
Dadaxonbek Yursunov
Men Dadaxonbek — Damar agency asoschisi. 5 yildan ortiq digital marketing, SMM va media bilan shug‘ullanaman.
60 dan ortiq brend bilan ishlaganman. 3 yildan beri Space Academy’da SMM va Content Making’dan dars beraman.
Ortimda to‘liq jamoa bor — barcha xizmatlar bir joyda. Uchrashuvda loyihalar va natijalarni ko‘rsataman.
Instagram: @dadakhonbekDamar agency
2024-yildan beri bizneslar marketingini tizimga solamiz
Damar agency 2024-yilda Toshkentda tashkil topgan. Bugun O‘zbekiston bo‘ylab 23 ta biznes bilan ishlaymiz: SMM, target reklama, video, branding va saytlar.
Asosan ishlab chiqarish va B2B, xizmat va savdo, ko‘chmas mulk va qurilish sohalaridagi bizneslar bilan ishlaymiz — oylik hamkorlikda ham, bir martalik loyihalarda ham. Mijozlarimiz biz bilan odatda 6–12 oy ishlaydi.
Qanday ishlaymiz
- 01
Bitta jamoa
Strategiya, kontent, video va reklama — barchasi ichki jamoada, bir-biri bilan bog‘langan holda. Ish boshqa pudratchilarga bo‘lib berilmaydi.
- 02
5+ yillik tajriba
Asoschi 5 yildan ortiq digital marketing, SMM va mediada ishlaydi; jamoa 60 dan ortiq brend tajribasiga tayanadi.
- 03
Shartnoma va oylik hisobot
Har bir loyiha rasmiy shartnoma bilan boshlanadi, natijalar har oy raqamlar bilan hisobot qilinadi.
- 04
Ehtiyojingizga moslashamiz
Tayyor shablon emas: biznesingiz ehtiyojidan kelib chiqib, natijadan rozi bo‘lishingiz uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz.
60+ brend — jamoa tajribasi
Barcha loyihalar →
Asoschi tajribasi
Space Academy — 3 yil
Dadaxonbek 3 yil davomida Space Academy’ning SMM’ini o‘zi yuritgan. U yerda SMM va Mobilografiya kursining bosh ustozi, master-klasslar spikeri — 2000 dan ortiq o‘quvchi tayyorlangan.
- ~7K → 35KInstagram obunachilari
- 1,500–2,000oyiga so‘rov
- 2000+o‘quvchi
Loyihangizni muhokama qilamizmi?
Biznesingiz haqida qisqacha yozing — 1 soat ichida bog‘lanamiz.

















































